Buklama ekranli smartfonlarning qaysi biri eng xaridorgir?
O‘tgan yil avgustida taqdim etilgan Samsung Galaxy Z Flip 3-avlod smartfoni — ekrani bukiluvchi smartfonlar orasida eng ko‘p sotilayotgani. Display Supply Chain Consultants (DSCC) tadqiqotlari buni tasdiqlamoqda.
2022-yilning 1-choragida jahon bozorida jami 2,22 million dona shu turdagi smartfonlar sotildi. Bu 2021-yilning shu davridagidan 571 foizga yuqori, deb yozdi Gizchina.
Ushbu smartfonlarning qariyb 51 foizi — Samsung Galaxy Z Flip 3. Umuman olganda, Samsung buklamafonlar bozorida 74 foiz ulush bilan yaqqol peshqadam.
Ikkinchi o‘rindagi Huawei buklama smartfonlari bozor ulushi 20 foizni tashkil etdi. Bu kompaniyaning eng ommalashgan modeli — Huawei P50 Pocket.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter