Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugungi ilk quvonchli xabar Buxorodan bo‘ldi

Bugungi ilk quvonchli xabar Buxorodan bo‘ldi

Foto: SSV

Buxoro viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasidan yana 5 nafar bemor butkul sog‘aydi. Ular viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.

Sog‘ayganlarning barchasi charter reys orqali Turkiyadan Buxoroga kelishgan bo‘lib, «Sitorai Mohi Xosa» sanatoriysida karantinga olingan. Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilgan. Bemorlarning 1 nafari erkak, 4 nafari ayollardir. Ulardan 3 nafari poytaxtimizdan, Toshkent va Sirdaryo viloyatlaridan esa 1 nafarni tashkil etadi. Ular orasida eng yoshi kattasi 54 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 22 yoshda.

Viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasidan shu paytga qadar 39 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ularning soni 44 nafarga yetdi.

Ayni paytga qadar mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan jami 161 nafar bemor to‘liq sog‘aydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring