Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugungi dunyoni bir so‘z bilan qanday atash mumkin — BMT bosh kotibi asr inqirozi haqida

Bugungi dunyoni bir so‘z bilan qanday atash mumkin — BMT bosh kotibi asr inqirozi haqida

Foto: UNAIDS

BMT bosh kotibi Antoniu Guterreshning ta’kidlashicha, koronavirus pandemiyasi oqibatida dunyo so‘nggi yuz yildagi eng og‘ir inqirozni boshdan kechirmoqda. Uning aytishicha, bugungi dunyoni ta’riflash uchun birgina so‘z yetarli — «mo‘rtlik».

«Ikki milliondan ziyod inson halok bo‘ldi (COVID-19 bilan kasallanish oqibatida — tahr.) va biz so‘nggi yuz yildagi iqtisodiy inqirozlarning eng yomoniga duchor bo‘ldik» — dedi Guterresh «Davos kun tartibi» tadbiridagi chiqishida.

Bundan tashqari, Antoniu Guterreshning fikricha, pandemiya ko‘plab global muammolar yuzidagi pardani ochib tashladi — odamlar va mamlakatlar orasidagi tengliksizlik, «iqlimiy va bio xilma-xillik inqirozlari»ning nobarqarorligi. Tabiatga qarshi urush ochgan insoniyat javob zarbasini oldi, dedi bosh kotib.

Pandemiya keltirib chiqargan inqirozdan o‘nglanish, mo‘rtlikdan barqarorlikka o‘tish faqatgina hamjihatlikda amalga oshishini ta’kidlagan Guterresh davlatlar va shaharlar hukumatlari, xalqaro tashkilotlarni «birgalikda ishlash»ga chaqirdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring