Bugundan fuqarolarga bepul yuridik maslahatlar beriladi
Bugundan e’tiboran Adliya vazirligi Toshkent davlat yuridik universitetining yuridik klinikasi qoshida fuqarolar qabulini tashkil etmoqda. Bu haqda vazirlikning «Huquqiy axborot» kanalida ma’lum qilindi.
Kanaldagi ma’lumotga ko‘ra, «Inson huquqlari sohasida fuqarolarga bepul yuridik yordam ko‘rsatish, ularga huquqiy axborot va og‘zaki maslahatlar berish maqsadida Adliya vazirligi 2018-yilning 21-fevral kunidan boshlab Toshkent davlat yuridik universitetining yuridik klinikasida fuqarolar qabulini tashkil etadi».
Qabul haftaning dushanba, chorshanba, juma kunlari soat 10:00-12:00 orasida amalga oshiriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter