Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun yomg‘ir yog‘adi

Bugun yomg‘ir yog‘adi

Foto: Xabar.uz

11 iyunda respublika hududining ba’zi joylarida shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang-to‘zonlari kuzatilishi kutilmoqda.

11-14 iyun kunlari respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir, ayrim joylarida do‘l yog‘ishi sababli, tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkin.

Bugun O‘zbekistonda havo o‘zgarib turadi, Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarda va kunning ikkinchi yarmida respublikaning qolgan hududularida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat 34-39 daraja, janubda va cho‘l hududlarida 32-37 darajagacha bo‘ladi.

Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momoqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 33-35 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momoqaldiroq bo‘lishi mumkin, ayrim joylarda do‘l yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 23-28 daraja bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring