Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun Ukraina va Moldovaning YeIga kirishi bo‘yicha muzokaralar boshlanishi rasman e’lon qilinadi

Bugun Ukraina va Moldovaning YeIga kirishi bo‘yicha muzokaralar boshlanishi rasman e’lon qilinadi

Foto: EADaily

Bugun, 25-iyun kuni Lyuksemburgda Ukraina va Yevropa Ittifoqining hukumatlararo konferensiyasida Ukrainaning YIga qabul qilinishi bo‘yicha muzokaralarning boshlanishi rasman e’lon qilinadi. Bu haqda BBC xabar berdi.

«Bugun YI Ukraina va Moldovaning kirishi to‘g‘risidagi muzokaralarni ochadi. Biz bu ikki mamlakat uchun hal qiluvchi palla bo‘sag‘asidamiz. Oldinda oson bo‘lmagan, ammo ulkan imkoniyatlarga to‘la yo‘l turibdi», — deyiladi Yevrokomissiya bayonotida.

«Bu chinakam tarixiy voqea. Ukraina birlashgan Yevropaning bir qismi bo‘lgan va shunday bo‘ladi ham», — dedi Ukraina prezidenti Zelenskiy.

Aprel oyi oxirida Zelenskiy ittifoqqa kirish bo‘yicha muzokaralarni boshlash uchun Ukraina barcha joriy talablarni bajarganini ma’lum qilgandi.

Iyun oyi boshida buni Yevropa komissiyasi ham tasdiqladi, biroq elchilar uchrashuvida Vengriyaning e’tirozi sababli muzokaralarni boshlash to‘g‘risidagi tavsiya qabul qilinmadi.

Budapesht bayonotiga ko‘ra, Ukrainada milliy ozchilikni tashkil etuvchi vengerlar huquqlarini himoyalash borasida Kiyev yetarlicha ishlamagan.

Ushbu muammo milliy ozchiliklarning huquqlari bo‘yicha kelishuv bitimi yordamida hal qilindi. Kiyev Yevrokomissiyaga Ukrainadagi milliy ozchiliklarning huquqlari sohasidagi islohotlar to‘g‘risida muntazam hisobot berib turish majburiyatini oldi.

OAV yozishicha, Kiyev va Bryussel uchun muzokara jarayonlarini 1-iyulga qadar rasman boshlab olish muhimdir, chunki shu sanadan YI Kengashi raisligi Belgiyadan Vengriyaga o‘tadi, bu esa Ukrainaning YeIga a’zo bo‘lishini qiyinlashtirishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring