Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun Toshkentning ayrim hududlarida gaz o‘chadi

Bugun Toshkentning ayrim hududlarida gaz o‘chadi

Foto: Xabar.uz

Bugun, 29 iyul kuni Toshkent shahrining ayrim hududlarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

«Hududgaz Poytaxt» gaz ta’minoti filiali xabariga ko‘ra, Yunusobod tumani Registon mahallasi hududidagi aholi xonadonlariga yo‘naltirilgan gaz quvurlari ikki bosqichli tizimga o‘tkazilayotganligi sababli gaz quvurlarini kesish va ulash ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan.

Shu sababli, 2022 yil 29 iyul kuni soat 10:00 dan 17:00 gacha Registon mahallasida, Ahmad Donish 1-tor ko‘chasida gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.

Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

Bundan tashqari, Uchtepa tumani, Zarafshon 6-tor ko‘chasida joylashgan gaz taqsimlash qurilmasini xavfsiz joyga ko‘chirish ishlari olib borilishi rejalashtirilgan.

Shu sababli, 2022 yil 29 iyul kuni soat 10:00 dan 17:00 gacha Zarafshon 6-tor ko‘chasida gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.

Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring