Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazadi

Bugun Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazadi

Bugun, 18 avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazadi.

Uchrashuvga iqtisodiyotning turli tarmoqlarida faoliyat yuritayotgan biznes vakillari taklif etilgan. Bu haqda davlat rahbarining matbuot kotibi xabar bermoqda.

Davlat rahbari tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish va yangi loyihalarni amalga oshirish uchun yanada qulay sharoitlar yaratish, tadbirkorlikni rivojlantirishga to‘siq bo‘layotgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha muhim tashabbuslarni ilgari surishi kutilmoqda.

Shuningdek, tadbir doirasida faol tadbirkorlarga davlat mukofotlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring