Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun Qo‘yliqda yuz bergan noxush holat bo‘yicha IIBB ma’lumot berdi

Bugun Qo‘yliqda yuz bergan noxush holat bo‘yicha IIBB ma’lumot berdi

Foto: Videolavhadan skrinshot

Qo‘yliq hududida yuk mashinasi bir kishini bosib ketib, bir necha metrga sudrab ketgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda videolar tarqaldi. Ushbu videoyozuvlar bo‘yicha Toshkent shahar IIBB quyidagilarni ma’lum qildi.

20-oktyabr kuni taxminan soat 10.00 da Sergeli tumani Yangi Qo‘yliq ko‘chasida «MAN» rusumli yuk avtomobilini boshqarib borgan 37 yoshli Alisher A. chorrahada svetoforning ruxsat beruvchi belgisi yonganda harakatni boshlagan. Shu onda o‘n tomondan piyoda yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tish niyatida yurib kelgan. Haydovchi transport vositasining «ko‘rinmas hududida» bo‘lgan piyodani payqamasdan uni urib yuborgan. Natijada, hozirgi vaqtda shaxsi aniqlanayotgan piyoda YTH oqibatida yetgan jarohat sababli hayotdan ko‘z yumgan.

Hodisa tafsilotlari o‘rganilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring