Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun poytaxtda kuchli shamol kutilmoqda

Bugun poytaxtda kuchli shamol kutilmoqda

Arxiv foto.

«Gidrometeorologiya xizmati markazi»ning ma’lumotiga ko‘ra, bugun poytaxtda shamol kutilmoqda. Shamol tezligi 12-17 m/s gacha yetishi mumkin.

Shamol daraxtlar va shoxlarni sindirishi, mustahkam o‘rnatilmagan konstruksiyalarni o‘rnidan qo‘zg‘atishi mumkin.

«Barcha toshkentliklar va poytaxtimiz mehmonlaridan kuchli shamol kuzatilganida ko‘chada harakatlanmasliklarini, avtomobillarini daraxtlar va boshqa turli mustahkam bo‘lmagan konstruksiyalardan uzoqroq, xavfsiz joyga qo‘yishlarini so‘raymiz. O‘zingiz va mulkingizni baxtsiz hodisalardan asrang», deyiladi Toshkent shahar hokimligi xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring