Bugun kunduzi ko‘p hududlarda yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin

Bugun kunduz kuni O‘zbekiston bo‘yicha nam va iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Respublikaning katta qismida yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Shimolda, janubda va Farg‘ona vodiysida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi bor. Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel kelishi xavfi bor. Ba’zi joylarda shamol tezligi 18-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo 11-16° iliqgacha isiydi.
Poytaxtimizda kunning birinchi yarimida biroz yomg‘ir yomg‘ir yog‘ishi mumkin, kunning ikkinchi yarimida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol tezligi 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 13-15° iliq bo‘ladi.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 5-10° iliq bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter