Bugun kuchli magnit bo‘ronlari bo‘lishi mumkin
Bugun kunduzi G3 darajali 5-6 ballik magnit bo‘ronlari bo‘lishi kutilmoqda.
Magnit bo‘ronining G3 darajadagi yuqori faolligi tush paytida kutilayotgani uchun, bu omilning organizmga salbiy ta’sirini kamaytirish maqsadida, ovqatlanish ratsionlariga baliq va ko‘kat mahsulotlarini kiritish, iste’mol qilish tavsiya etiladi.
Magnit bo‘ronlari G3 darajali davrda ayrimlarda bosh qismining orqa tomoni va peshonada kuchsiz og‘rish kuzatiladi. Bu paytda shu kabi insonlarga kamroq harakat qilish hamda uyda ko‘proq o‘tirish tavsiya etiladi. Bu vaqt oralig‘ida yuqoridagi omilni o‘zida sezayotgan kishilarga chekish, alkogol mahsulotlari va kofe ichish hamda jismoniy zo‘riqish tavsiya etilmaydi.
Magnit bo‘roni hodisasi haqida bu yerda to‘liq ma’lumot olasiz.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter