Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun Kaspiy dengizi orqali Kavkazdan sovuq havo kirishi davom etadi

Bugun Kaspiy dengizi orqali Kavkazdan sovuq havo kirishi davom etadi

Foto: Xabar.uz

Bugun 22 oktyabrda O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizi orqali Kavkaz hududlari ustida shakllangan nam va sovuq havo massalari kirib keladi. Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Havo harorati 8-13° iliqni tashkil etadi.

Poytaxtimizda havo bulutli bo‘ladi, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 9-11° iliq bo‘ladi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, ko‘rinuvchanlik yomonlashadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 2° sovuq-3° iliq bo‘ladi

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring