Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zgidromet» 28-may kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi

«O‘zgidromet» 28-may kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi

Foto: Xabar.uz

«O‘zgidromet» bugun, 28-may sanasi uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.

Bugun kunduzi O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida kunning birinchi yarmida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat 23-28° bo‘ladi.

Poytaxtimizda yog‘ingarchilik kutilmaydi Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 26-28° bo‘ladi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 18-23° bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring