Bugun havo biroz isiydi

Bugun kunduz kuni respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 16-21° iliq bo‘ladi.
Poytaxtimizda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 17-19° iliq bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 8-13° iliq bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter