Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun ham jazirama issiq va quruq ob-havo davom etishi kutilyapti

Bugun ham jazirama issiq va quruq ob-havo davom etishi kutilyapti

Foto:«Xabar.uz»

Bugun kunduz kuni O‘zbekiston bo‘yicha quruq va juda issiq ob-havo saqlanib turadi. Ba’zi joylarda shamol changli bo‘ron bilan 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 38-43°, janubda va cho‘l hududlarida ba’zi joylarda 44-46° gacha bo‘ladi.

Poytaxtimizda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, kechga tomon 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 40-42° ni tashkil etadi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 25-30° bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring