Quyosh plazmasi to‘lqini bugun Yerni qoplashi kutilmoqda — olimlar
Bugun Yerga Quyosh plazmasi to‘lqini yetib kelishi prognoz qilinmoqda. Bu haqda spaceweather.com nashri xabar qilmoqda.
Portal ma’lumotlariga ko‘ra, 28-may kuni Quyosh tojida masslar otilib chiqishi qayd etilgan. Hodisa natijasida tashqariga otilib chiqqan bulutlar Yerga yetib kelishi kichik geomagnit bo‘ronlarni keltirib chiqarishi mumkin.
Shu bilan birga, qutb kengliklarida yashovchilar bugun qutb yog‘dusini ko‘rishlari mumkin bo‘ladi.
2020-yil dekabrida ham Yerni Quyoshdan chiqarilgan plazma buluti qoplagandi. Bunday bulutlarning ta’siri kosmik uskunalarga radiatsiya yukining keskin o‘sishiga va Yer yuzasi yaqinidagi magnit maydonning tebranishiga olib keladi.
Shu bilan birga, olimlarning fikriga ko‘ra, 2020-yil dekabr oyida sodir bo‘lgan bir qator alangalardan so‘ng, Quyosh o‘z faolligini pasaytirgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter