Bugun avvalgi rekord qariyb ikki karrasiga yangilandi
Bugun yurtimizda «COVID-19»dan sog‘ayganlar ko‘rsatkichi bo‘yicha rekord yangilandi. Bugun mamlakatimiz hududlarida koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan bemorlardan 569 nafari sog‘aydi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Jumladan, 337 nafari Toshkent shahridagi 20 ta shifoxonada davolanayotgan bemorlardir. 75 nafari Toshkent viloyatida, 53 nafari Qashqadaryoda, 32 nafari Andijonda, 22 nafari Namanganda va yana 22 nafari Sirdaryoda, 15 nafari Farg‘onada, 13 nafari Jizzaxda kasallikdan forig‘ bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, sog‘ayganlar ko‘rsatkichi bo‘yicha so‘nggi rekord natija shu yilning 25 iyul kuni qayd etilgan bo‘lib, o‘shanda mamlakatimizning turli hududlarida 359 nafar bemor tuzalgandi.
Shunday qilib, yurtimizda 11 674 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (55 foiz) sog‘aygan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter