Budapesht meri Buxoroga tashrif buyurdi
Budapesht shahri meri Ishtvan Tarlosh boshchiligidagi delegatsiya Buxoroga tashrif buyurdi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
2018-yil 6-may kuni delegatsiya rasmiy a’zolari Buxoro shahri hokimi K.Kamolov tomonidan Buxoro temir yo‘l vokzalida kutib olindi.
Shundan so‘ng viloyat hokimligida mehmonlar hamda viloyat hokimi O‘.Barnoyev o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda madaniy munosabatlarni yo‘lga qo‘yish, turizm va sport yo‘nalishlarini birgalikada rivojlantirish, ikki davlat yoshlari o‘rtasida festivallar va konferensiyalar tashkil etish hamda Buxoro-Vengriya o‘rtasida birodarlik munosabatlarini o‘rnatish kabi qator masala va takliflar ko‘rib chiqildi.
Delegatsiyaning Buxoroga rasmiy tashrifi davom etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter