Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Uyda o‘qib oliy ma’lumotli bo‘lish mumkin. Bu qanday amalga oshiriladi?

Uyda o‘qib oliy ma’lumotli bo‘lish mumkin. Bu qanday amalga oshiriladi?

O‘zbekiston Respublika Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018-yil 21mayda «Maxsus sirtqi ta’limda o‘quv jarayonini elektron ta’lim resurslari asosida qo‘llab-quvvatlashni tashkil etish to‘g‘risida»gi 447-sonli buyrug‘iga asosan yangi o‘quv yilidan boshlab pedagogika yo‘nalishidagi maxsus sirtqi bo‘lim talabalari o‘quv jarayonini tashkil etishda masofadan turib mustaqil ta’lim olishi belgilangan. Bu haqda «Xabar.uz» portali xabar bergan edi.

O‘zbekistonda elektron ta’limni ilk bor oliy ta’lim tizimida amaliyotga joriy qilinishi rasman e’lon qilindi. Elektron darslarni tashkil etish bilan bog‘liq jarayonlar oliy ta’lim tizimi amaliyotida ilk bor qo‘llanilayotgani sababli, tizimni yo‘lga qo‘yish bilan bog‘liq qator savollar paydo bo‘lishi tabiiy.

Xo‘sh, elektron ta’limni yo‘lga qo‘yishdagi tashkiliy jarayonlar qanday amalga oshiriladi? 

Ta’lim muassasalarida elektron ta’limni joriy etish markazi axborot xizmati xabar berishicha, barcha tashkiliy jarayonlar beshta bosqichda amalga oshirilаdi.

Birinchi bosqichda 15 ta oliy ta’lim muassasasidan jami 450 nafar professor-o‘qituvchilar va xodimlarni elektron o‘quv resurslarni yaratishga o‘rgatish uchun vebinar texnologiyasidan foydalanilgan holda masofaviy o‘quv kurslar orqali o‘qitiladi. Bu jarayon avgust oyning so‘ngiga qadar amalga oshirib bo‘linadi.

Ikkinchi bosqichda mas’ul professor-o‘qituvchilar va xodimlar tomonidan 8 xil pedagogika yo‘nalishidagi 144 ta fan elektron o‘quv resurslarni yaratiladi. Hozirda yaratiladigan elektron o‘quv resurslarning tarkibi quyidagicha bo‘lishi rejalashtirilmoqda. Unga ko‘ra, 1247 ta video ma’ruza, 1247 ta mustaqil o‘rganish uchun nazariy ma’lumot, 12000 ta glossariy, 25920 ta bilimlarni nazorat qiladigan interfaol elementlar, 87 ta laboratoriya ishlarini bajarish uchun interfaol elementlar, 24940 ta test sinovlar bo‘lishi ko‘zda tutilgan.

Uchinchi bosqichda mas’ul professor-o‘qituvchilar tomonidan yaratilgan o‘quv resurslar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida tashkil etilgan Muvofiqlashtiruvchi Kengash tomonidan ko‘rib chiqiladi. Elektron o‘quv resurslar Muvofiqlashtiruvchi Kengash tomonidan tasdiqlangach, resurslar professor-o‘qituvchilar tomonidan platformaga (mooc.edu.uz) joylanadi.

To‘rtinchi bosqichda oliy ta’lim muassasalari maxsus sirtqi bo‘limida dars berayotgan professor-o‘qituvchilarni elektron ta’lim tizimidan foydalanish bo‘yicha masofaviy tarzda o‘qitiladi.

So‘nggi bosqichda maxsus sirtqi bo‘lim talabalari elektron ta’lim tizimidan foydalanadi. Maxsus sirtqi bo‘lim talabalarining o‘quv mashg‘ulotlari o‘quv jarayoni jadvaliga asosan boshlanadi. Shu muddatga qadar barcha elektron resurslarni yaratib, platformaga kiritish rejalashtirilgan.

Maxsus sirtqi bo‘lim talabalari uchun jami 7344 soat ajratilgan. Ulardan 6480 soatida talaba masofadan turib mustaqil ta’lim oladi, 864 soat esa, universitetga kelgan holda ta’limni amalga oshiradi. Bu 88 foiz dars masofaviy tarzda, mustaqil ravishda amalga oshiriladi deganidir.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring