Bu o‘yin bilan qayergacha boramiz? O‘zbekiston qiyin g‘alabaga erishdi
BAAda Osiyo kubogi guruh bosqichi 1-turida O‘zbekiston va Ummon terma jamoalari bahs olib bordi.
Uchrashuv Ummon terma jamoasi ustunligida boshlangan bo‘lsa-da, hisobni vakillarimiz ochishdi. Terma jamoa sardor Odil Ahmedov qoyilmaqom tarzda jarima zarbasini golga aylantirdi.
Ikkinchi bo‘lim ham gollandiyalik murabbiy shogirdlari ustunligida o‘tdi. Bir nechta vaziyatlarda terma jamoamizni Ignatiy Nesterov qutqarib qoldi. Baribir ustunlik o‘z so‘zini aytdi. O‘yinning 72-daqiqasida ummonliklar hisobni tenglashtirishdi. Uchrashuvning oxirlarida Ektor Kuperning futbolchi almashtirishi ish berdi. Zahiradan tushirilgan Aliboyev va Shomurodov kombinatsiyasidan terma jamoamizga g‘alaba keltiruvchi gol yuzaga keldi.
Qo‘shimcha vaqtlarda Nesterov bilan birga-bir chiqib ketayotgan ummonlik hujumchini qo‘pollik bilan to‘xtatib qolgan Krimets maydondan chetlatildi. Jarima zarbasini esa Igor qaytardi.
Shu tariqa terma jamoamiz juda qiyin g‘alabaga erishdi. Ektor Kuper terma jamoa o‘yini ustida hali ko‘p bosh qotirishi kerak bo‘ladi. Ishonchimiz komil, terma jamoa bundan yaxshiroq o‘ynay oladi.
Osiyo kubogi-2019. «F» guruhi, 1-tur
O‘ZBEKISTON — UMMON 2:1 (1:0)
Gollar: Odil Ahmedov (34), Eldor Shomurodov (86) — Muhsin al-G‘assaniy (72)
Ogohlantirishlar: Jaloliddin Masharipov (29), Ignatiy Nesterov (58)
Chetlatish: Yegor Krimets (90+3)
O‘zbekiston: 1. Ignatiy Nesterov, 2.Akmal Shorahmedov, 5.Anzur Ismoilov, 15.Yegor Krimets, 13.Oleg Zoteyev, 7.Sardor Rashidov (Doston Hamdamov 59), 9.Odil Ahmedov, 19.Otabek Shukurov, 11.Jaloliddin Masharipov (Ikrom Aliboyev 79), 22.Javohir Siddiqov, 10.Marat Bikmayev (Eldor Shomurodov 83)
Ummon: 18.Fayl ar-Rushaydiy (D), 02.Muhammad al-Musallam, 06.Roid Solih, 07.Xolid al-Hajriy (Muhsin al-G‘assaniy 67), 10.Muhsin al-Xoldiy, 11.Saad al-Muxayniy, 12.Ahmad Mahayjriy, 13.Xolid al-Braykiy, 15.Jamil al-Yahmadiy, 17.Ali al-Busaydiy, 23.Harib as-Saadiy
Bosh hakam: Ko Xyun Jin (Janubiy Koreya)
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter