Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bu chekish, yurak xastaligi va diabetdan ham xavfli

Bu chekish, yurak xastaligi va diabetdan ham xavfli

Foto: rf-smi.ru

Amerikalik kardiologlar (Klivlend klinikasi) kam harakatlanish (jumladan, doimiy o‘tirib ishlash) va jismoniy yuklanmalarning mavjud emasligi inson salomatligi uchun tamaki chekish, diabet va yurak xastaliklaridan ham ko‘ra xavfli, degan xulosaga kelishdi.

Klivlendlik shifokorlar klinikaning yugurish yo‘lakchasida 26 yildan beri shug‘ullanib kelayotgan 122 ming nafar bemor ustida tadqiqot o‘tkazishdi va yuqoridagi xulosani berishdi.

Tadqiqot sport bilan shug‘ullanish inson umrini uzaytirishi haqidagi qarashlarni yana bir bor tasdiqladi. Ta’kidlanishicha, jismoniy mashqlar yoki fitnes bilan shug‘ullanishning xavflilik darajasi yo‘q.

Yurak va nafas olish organlari faoliyati uchun eng yaxshi mashg‘ulot sifatida aerobika e’tirof etildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring