Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rishi Sunak yomon natija qayd etdi

Rishi Sunak yomon natija qayd etdi

Buyuk Britaniya fuqarolarining 59 foizi bosh vazir Rishi Sunakni qo‘llab-quvvatlamaydi. Britaniyaning YouGov tadqiqot kompaniyasi o‘tkazgan so‘rov natijalari shundan dalolat bermoqda.

Shu bilan birga, respondentlarning 31 foizi bosh vazir faoliyatiga ijobiy munosabatda ekanini aytgan.

So‘rov natijalariga ko‘ra, aholining 35 foizi muxolifat yetakchisi va Leyboristlar partiyasi rahbari Sayrus Stammerga ijobiy, 51 foizi salbiy munosabatda.

So‘rovnoma 2023-yilning 14-mayidan 15-mayiga qadar o‘tkazildi, unda 2012 kishi ishtirok etdi.

Eslatib o‘tamiz, Rishi Sunak 2022-yil 25-oktyabrda Buyuk Britaniya bosh vaziri lavozimini egalladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring