Britaniyalik milliarder Richard Brenson koinotga yo‘l oldi (video)
Britaniyalik milliarder Richard Brenson dunyoning eng boy odami, Amazon kompaniyasi asoschisi Jeff Bezosdan to‘qqiz kun oldin, 11-iyul kuni kosmik parvozni rejalashtirayotgani haqida xabar bergandik.
Britaniyalik milliarder Richard Brenson Virgin Galactic kompaniyasining VSS Unity kosmik kemasida suborbital parvozni amalga oshirmoqda. Parvoz tashkilotning YouTube-kanalida jonli efirda namoyish etilmoqda.
Brenson bilan birga ekipaj tarkibida uchuvchilar Deyv Makkey va Maykl Masuchchi, Virgin Galactic bosh kosmonavt-instruktori Bet Mozes, ekspluatatsiya bo‘yicha yetakchi muhandis Kolin Bennett va hukumat bilan aloqalar bo‘yicha vitse-prezident Sirisha Bundla.
Kema 80 kilometrlik masofani bosib o‘tishni rejalashtirmoqda — u yerda ekipaj a’zolari to‘rt daqiqa vaznsizlik holatida bo‘lishadi, Yerning bir qismini tomosha qilish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. So‘ngra uchuvchilar qo‘l rejimida tormozlashni amalga oshiradilar va planer rejimida uni «Amerika» kosmoportining uchish-qo‘nish yo‘lagiga qo‘ndiradilar.
4-iyul kuni CNN telekanali efirida Brenson dunyodagi eng boy odam va Amazon asoschisi Jeff Bezos bilan kosmik poygani baholadi.
«Men uning (Bezos) parvozini ko‘rishdan juda xursand bo‘lar edim, o‘ylaymanki, ikkalamiz ham bir-birimizga faqat yaxshilik tilaymiz. Men bir necha kun oldin boshlaayotganim muhim emas», — degan u.
Bezosning Blue Origin kompaniyasi parvozi 20-iyul kuni rejalashtirilmoqda. Rejaga ko‘ra, kosmik kema Texasdagi kosmodromda start olib, sayyora yuzasidan 105 kilometr balandlikka ko‘tariladi, bu o‘rtacha 10-15 daqiqa vaqt olishi kerak.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter