Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Britaniyada Rossiyalik biznesmenlarning daromadlarini o‘rganishmoqda

Britaniyada Rossiyalik biznesmenlarning daromadlarini o‘rganishmoqda

Buyuk Britaniyaning Milliy jinoyat agentligi (National Crime Agency)  120-140 nafar turli xil katta kompaniya egalariga nisbatan surishtiruv ishlarini boshladi. Ularning aksariyati rossiyalik yoki ruslarga aloqador, deya xabar bermoqda «Times» jurnali xabariga asoslanib «RIA Novosti».

Nashrning ma’lum qilishicha, agentlikning kibertovlamachalikka qarshi kurash boshqarmasi boshlig‘i Donald Tun boshchiligidagi mutaxassislar tadbirkorlarning kelib chiqishi mavhum bo‘lgan boyliklari ustidan surishtiruv olib boradilar. Ushbu tashkilot qaysidir davlat fuqarolariga qarshi harakat qilmaydi, balki korrupsiyaga botgan kishilar va ularning noqonuniy boyliklari bilan shug‘ullanadi.

Shu bilan birga nashr Solsberida yuz bergan hodisadan keyin Britaniyada rossiyalik biznesmenlarga nisbatan tekshiruvlarning ko‘payganini ham qayd etgan.

Yil boshida Britaniya davlat organlari kapitali 50 ming funt sterlingdan yuqori bo‘lgan xorijiy investorlarga tegishli ko‘chmas mulk va aktivlarning qayerdan kelganini tushuntirishni talab qilish huquqini qo‘lga kiritdilar. Agar egasi buni tushuntira olmasa uning mol-mulki hibsga olinishi mumkin.

O‘z navbatida, Kreml rus sarmoyadorlarining yakkalab qo‘yilishi Birlashgan qirollikning investitsion qiyofasiga zarar yetkazishi mumkinligini ma’lum qildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring