Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Britaniyada koronavirusning yangi shtammi aniqlandi

Britaniyada koronavirusning yangi shtammi aniqlandi

Foto: «Gazeta.ru»

Britaniya shifokorlari koronavirusning yangi shtammini aniqlashdi, yozmoqda «Mirror» nashri.

Mutatsiya B.1.621 hozircha nomi ostida ro‘yxatga olindi.

Jamoat salomatligini saqlash agentligi kovidning ushbu shakli yuqtirilgan jami 16 ta holatni qayd etgan. Mutaxassislarga ko‘ra, yuqtirishlarning barchasi mamlakat tashqarisidan yuz bergan.

Ekspertlar yangi shtammni o‘rganishni boshlab yuborishdi: mutatsiyadan so‘ng virus qay tariqa o‘zgarganini bilishmoqchi. Vaksinalar yangi shtammga kor qiladimi, ko‘pchilikni o‘ylantirayotgan savol shu.

Butun dunyoda bo‘lgani kabi, Buyuk Britaniyada ham eng ommalashgan kovid-shtamm hozir — «delta»: kasallanganlarning 99 foizida aniqlangan. Bir oy ichida shu shtamm bilan og‘rigan 1 788 nafar bemor kasalxonaga yotqizildi. Ularning 29,6 foizi — vaksinani to‘liq olganlar.

«Delta» mutatsiyasi Yevropaning deyarli barcha mamlakatlarida aniqlangan. JSST bayonotiga ko‘ra, yaqin oylarda sayyoramizda shu virus dominant bo‘ladi. Aynan shu shtamm boshqalarini siqib chiqaradi. Agarda boshqa, yanada kuchlirog‘i paydo bo‘lmasa.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring