Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Britaniyada ketma-ket noxush rekordlar qayd etilmoqda

Britaniyada ketma-ket noxush rekordlar qayd etilmoqda

Foto: «AP Photo/Frank Augstein»

Buyuk Britaniyada bir kecha-kunduzda 6874 kishi koronavirusga chalindi. Bu pandemiya boshlangandan beri qayd etilgan eng yuqori  ko‘rsatkichdir, deya ma’lum qildi mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi.

Bir kecha-kunduzda 34 nafar bemor hayotdan ko‘z yumdi.

Kuni kecha 6634 kishida koronavirus tashxisi tasdiqlangandi — bu ham pandemiya boshlangandan beri qayd etilgan rekord ko‘rsatkichdir. Lekin kecha 40 ta o‘lim ro‘yxatga olindi.

Mamlakatda koronavirusni yuqtirganlar umumiy soni 423 236 kishiga yetdi, 41 936 nafar bemor vafot etdi.

Seshanba kuni mamlakat bosh vaziri Boris Jonson koronavirusga qarshi qaratilgan yangi cheklov qoidalarini e’lon qildi. Agar ular ham virus tarqalishini to‘xtatib qololmasa, hukumat yangi lokdaunni joriy etishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring