Brexit tufayli Buyuk Britaniya qancha zarar ko‘rdi?
Brexit bo‘yicha referendum o‘tkazilganidan beri britan iqtisodiyoti qariyb 87 mlrd. funt sterling (101,4 mlrd. yevro atrofida) zarar ko‘rdi. Bu haqda «Goldman Sachs» banki hisobotida so‘z boradi.
«Doyche Velle» yozishicha, britaniyaliklar Yevroittifoqdan chiqishga qaror qilgan 2016-yilning iyunidan beri Qo‘shma Qirollik haftasiga 700 million yevro yo‘qotmoqda.
Ekspertlarning hisoblashicha, Brexit sababli Britaniya yalpi ichki mahsuloti qariyb 2,5 foizga qisqargan.
«Goldman Sachs» Britaniya YeIni tark etmasligi ehtimoli 35 foizdan 40 foizga o‘sganini qayd etdi. O‘z navbatida, bank tahlilchilari boshqarib bo‘lmas Brexit yuzaga kelishi ehtimolini 15 foizga teng, deyishmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter