Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Brexit Buyuk Britaniyaga qanchaga tushyapti?

Brexit Buyuk Britaniyaga qanchaga tushyapti?

Foto: «Forex Magnates»

Yevropa ittifoqidan chiqish tadorigini ko‘rayotgan Buyuk Britaniya iqtisodiy yo‘qotishlarga uchramoqda. Hozigacha ko‘rilgan zarar — 170 mlrd. dollar. Bu haqda o‘z tadqiqotlariga tayanib «Bloomberg Economics» xabar berdi.

«Brexit ga xarajatlar hozirdanoq 130 milliard funt (170 milliard dollar)ga yetdi, yil oxirigacha yana 70 mlrd. funt xarajat qo‘shiladi», — deyiladi xabarda.

Nashr Qo‘shma Qirollikning «Katta yettilik»dan ortda qolishi (2016—2019-yillar) tahlili asosida ham prognoz berdi, unga ko‘ra, Buyuk Britaniyaning Brexit dan iqtisodiy zarari 265 mlrd. dollarga yetadi.

Eslatib o‘tamiz, mamlakat parlamenti Vakillar palatasi 9-yanvar kuni Buyuk Britaniyaning Yevroittifoqdan chiqishini yoqlab ovoz bergandi. Britaniya yanvar oxirigacha YeI tarkibidan chiqib ketishi kutilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring