Braziliyada suv toshqinlari qurbonlari soni 94 nafarga yetdi
Braziliyada 15-fevral kuni ro‘y bergan suv toshqinlarining ayanchli oqibatlari ochilmoqda. Eng ko‘p talafot ko‘rgan Petropolisda qutqaruvchilar va ko‘ngillilar yuzga yaqin halok bo‘lganlarning jasadlarini topishdi, ulardan sakkiz nafari — bolalar.
Petropolisda bir necha soatda bir oylik me’yordagi yog‘in yog‘di. Tepaliklardan tushib hosil bo‘lgan sel oqimi o‘z yo‘lidagi barcha narsa — uylar, mashinalar, daraxtlarni oqizib ketdi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 94 kishi halok bo‘lgan, jabrlangan 24 kishi qutqarilgan. 35 nafar insonning taqdiri qorong‘uligicha qolmoqda.
Petropolisda uch kunlik motam e’lon qilindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter