Braziliyada «COVID-19»ga chalinganlar soni ikki milliondan oshdi

Manaus (Braziliya)dagi koronavirus qurbonlari qabristoni.
Braziliyada oxirgi sutkada 45 ming yangi bemor hisobiga koronavirusga chalinganlar umumiy soni 2 milliondan oshdi. Bu haqda «RIA Novosti» ushbu mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga asoslanib xabar berdi.
SSV axborotiga ko‘ra, Braziliyada koronavirusga chalinganlar umumiy soni 2 012 151 nafarga yetdi, so‘nggi 24 soatda kasalligi aniqlanganlar soni — 45 403 nafar.
Bir kunning o‘zida 1322 kishi koronavirus oqibatida vafot etdi, jami qurbonlar soni — 76 688 nafar.
Braziliya koronavirusga chalinganlar va uning qurbonlari soni bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinda turibdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter