Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Braziliya prezidenti shifoxonaga yotqizildi

Braziliya prezidenti shifoxonaga yotqizildi

Foto: AP

Braziliya prezidenti Jair Bolsonaru (66 yoshda) shifoxonaga yotqizildi, bu haqda «France24» xabar berdi.

Vaziyatga yaqin manbaga ko‘ra, ichakdagi muammo sababli shoshilinch tez yordam ko‘rsatilgan. Bolsonaru xuddi shu muammo bilan yarim yil avval ham  shifoxonaga tushgan va qisqa muddatda sog‘ayib ketgandi.

Prezident Bolsonaru Braziliya janubida ta’tilini o‘tkazayotgandi.

Jair Bolsonaruning sog‘lig‘ida muammolar unga 2018-yilda uyushtirilgan suiqasddan so‘ng boshlangan: o‘shanda hujum uyushtirgan shaxs uning qorniga pichoq urgan. Oqibatda ichakni qon bilan bilan ta’minlovchi arteriyaga shikast yetgan. Shundan beri prezident bir nechta operatsiyalarni boshdan o‘tkazdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring