Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Braziliya ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi: koronavirusga chalinganlar soni 350 ming nafarga yaqinlashdi

Braziliya ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi: koronavirusga chalinganlar soni 350 ming nafarga yaqinlashdi

«Worldometer» Braziliyada koronavirusni yuqtirgan insonlar soni 349 113 nafarga yetganini ma’lum qildi.

Kecha Janubiy Amerika mamlakatida virus yana 16 508 kishida aniqlandi.

Kasallanganlar soni bo‘yicha Braziliya Rossiya (335 882)dan o‘tib, ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi. Virus qurbonlari soni 22 013 nafarga yetdi.

Yaqinda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Janubiy Amerika koronavirusning yangi o‘chog‘iga aylanganini ma’lum qilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring