«Bravo» jamoasi a’zosi karantin qoidasini buzib to‘y qilgani aytilmoqda
Ijtimoiy tarmoqlarda ko‘pchilik qatnashgan to‘y videosi tarqamoqda. Mazkur holat Toshkent shahar IIBB mas’ul xodimlari tomonidan o‘rganilgan.
Qayd etilishicha, mazkur video 9 sentyabr kuni Toshkent viloyati Toshkent tumanida olingan bo‘lib, u yerga 29 yoshli Ahmadjon T. kuyov sifatida o‘rtoqlari bilan kelgan. Bundan tashqari, Ahmadjon T. to‘yini Shayxontohur tumanidagi uyida tashkillashtirgan va to‘yga 40 nafardan oshiq mehmonlar kelishgan.
Mazkur fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 54-moddasi («Epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish») bo‘yicha ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
«Hurmatli fuqarolar! Karantin cheklovlarining yumshatilishi koronavirus infeksiyasi yo‘qolganidan darak bermaydi.
Sizdan quyidagi sanitariya-epidemiologiya qoidalariga rioya qilishingizni so‘raymiz: jamoat joylarida tibbiy niqob taqib yurish zarur, shuningdek ijtimoiy masofa saqlash muhimdir, to‘y tadbirlarini 30 kishi ishtirokida o‘tkazish lozim. O‘zingizni va yaqinlaringizni asrang, salomat bo‘ling», deyiladi Toshkent shahar IIBB axborot xizmati xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter