Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

BP «Rosneft»dan voz kechdi

BP «Rosneft»dan voz kechdi

Foto: «Getty Images»

Britaniyaning BP (2001-yilgacha — «British Petroleum») kompaniyasi Rossiyaning «Rosneft» kompaniyasi aksiyadorlik kapitalidan chiqishini e’lon qildi.

BP 2013-yildan buyon «Rosneft»ning 19,75 foiz aksiyalariga egalik qilgan.

Bundan tashqari, BP bosh direktori Bernard Luni «Rosneft» direktorlar kengashini tark etdi. «Rosneft»ning BP tomonidan tayinlangan direktori, BP guruhi sobiq ijrochi direktori Bob Dadli ham direktorlar kengashidan chiqdi.

BP «Rosneft» bilan birgalikdagi boshqa korxonalarini ham tark etdi, deyiladi kompaniya bayonotida.

BP raisi Helge Lund ta’kidlashicha, Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli BP direktorlar kengashi «bizning «Rosneft» — davlat korxonasi bilan hamkorligimiz» shunchaki davom etishi mumkin emas, degan qarorga kelgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring