Boysundagi ayanchli YTHda ayollar va bolalar halok bo‘ldi
Boysunda Yo‘l-transport hodisasi oqibatida 3 nafar voyaga yetmagan bolalar va 3 nafar ayol vafot etdi.
2024-yilning 21-aprel kuni 17:30 lar chamasida Surxondaryo viloyatining Boysun tumani Inkabod MFY hududidan o‘tuvchi mahalliy ahamiyatga ega avtomobil yo‘lnining 7 km da 1974-yilda tug‘ilgan haydovchi, boshqaruvidagi Damas avtomashinasida odam tashish qoidalariga amal qilmay 8 nafar yo‘lovchi bilan tuman markazi tomon bir necha km tik nishablikda harakatlanishi natijasida transport vositasining tormoz tizimida nosozlik yuzaga keladi.
Oqibatda yo‘lning xavfli burulish qismiga yetib kelgach boshqaruvni yo‘qotib yo‘ldan chiqib ketib, shu yaqin atrofdagi hovli uylarning molxonasiga borib urilgan. Yo‘l-transport hodisasi natijasida avtomashina salonida bo‘lgan uch nafar voyaga yetmagan bolalar va 3 nafar ayollar vafot etib, haydovchi og‘ir tan jarohati bilan tuman shifoxonasiga yotqizilgan, deyiladi Surxondaryo YPX xabarida.
Hozirda holat yuzasidan Boysun tumani IIB Tergov guruhi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter