Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Boyovutdagi «o‘qishga kiritish operatsiyasi» qimmatga tushdi

Boyovutdagi «o‘qishga kiritish operatsiyasi» qimmatga tushdi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Boyovut tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda fuqaro I.I. fuqarolar S.M. va O.R.ning ishonchiga kirib, ularni 4 000 AQSh dollari evaziga qo‘shni Qozog‘iston Respublikasidagi oliy o‘quv yurtlaridan biriga o‘qishga kiritib, keyinchalik o‘qishini O‘zbekiston Respublikasidagi oliy o‘quv yurtiga biriga ko‘chirib berishini aytib 3 900 AQSh dollari va 1,2 mln so‘mni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring