Boy va qul. Vezuviy qurbonlarining yangi jasadlari topildi (Video)
Arxeologlar miloddan avvalgi 79-yilda Vezuviy vulqoni otilishi natijasida halok bo‘lgan ikki kishining qoldiqlarini topishdi. Bu haqda Pompey arxeologiya parki saytida xabar berilgan.
Jasadlar qadimgi Pompey shahri yaqinidagi Chivita Juliana qishlog‘idagi villaning yerto‘lasidan topilgan. Olimlar halok bo‘lganlar ikki nafar erkak ekanligini aniqlashdi. Ulardan biri 30-40 yoshdagi erkak bo‘lib, yuqori ijtimoiy mavqega ega bo‘lgan. Ikkinchisi 18-25 yorlardagi yigit, tirikligida umurtqasi bilan bog‘liq muammosiga ko‘ra, boyning quli bo‘lgan va og‘ir jismoniy mehnatlarni bajargan.
Bundan tashqari, mutaxassislar erkaklarning halok bo‘lish paytidagi holati va jasadlarini to‘liq tiklashga muvaffaq bo‘lishdi. Ular maxsus texnologiya yordamida odam qoldiqlari yotgan bo‘shliqqa gips quyib chiqishdi. Natijada olimlar halok bo‘lganlarning kiyimi yungdan tayyorlanganini aniqlashdi. Bu ularning miloddan avvalgi 79-yilgacha, Vezuviy vulqoni otilgunga qadar yashaganligiga ishora qiladi.
Ta’kidlanishicha, halok bo‘lganlar yuqori haroratli gaz, kul va tog‘ jinslari parchalari qorishmasidan iborat ikkinchi piroklastik vulqon oqimi tufayli halok bo‘lgan. Bunday oqim xonaga har tomondan yopirilib kirgani bois boy va qul tuzoqqa tushib qolishgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter