Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti tashkil etiladi
O‘zbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati institutini tashkil etish haqidagi prezident qarori imzolandi.
Hujjatga ko‘ra:
- Institutda ta’lim faoliyati 2021/2022 o‘quv yilidan boshlanib, ta’lim davlat granti hamda to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi;
- 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab, bakalavriatda 2 ta yangi ta’lim yo‘nalishi (bastakorlik san’ati, san’atshunoslik: musiqashunoslik) va magistraturada 2 ta yangi mutaxassislik (ovoz rejissyorligi: musiqiy ovoz rejissyorligi, musiqa san’ati) ochiladi;
- Konservatoriyada hozirda tahsil olayotgan bakalavriatning 2–4 kurs va magistraturaning 2-kurs talabalari o‘qishini Institutda davom ettiriladi.
Institutning asosiy vazifalari belgilanmoqda, jumladan:
- yuqori malakali mutaxassislar va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash;
- milliy estrada yo‘nalishida zamonaviy ijro namunalarining «Oltin fondi»ni yaratish hamda ularni notaga ko‘chirish va amaliyotga keng joriy etish;
- milliy estrada yo‘nalishi bo‘yicha fundamental, amaliy va ijodiy izlanish hamda tadqiqotlar olib borish.
2022/2023 o‘quv yilidan boshlab bolalar musiqa va san’at maktablari (324 ta), ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari (17 ta), maktab-internatlar (8 ta) hamda madaniyat, musiqa va san’at kollejlariga (2 ta) Institutning yetakchi professor-o‘qituvchilari hamda mamlakatimizda ijod qilib kelayotgan taniqli estrada ijodkorlari biriktiriladi hamda «Mahorat darslari» yo‘lga qo‘yiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter