Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qurilish vaziri Botir Zokirov lavozimidan ozod etildi

Qurilish vaziri Botir Zokirov lavozimidan ozod etildi

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri Botir Zokirov sog‘ligi tufayli lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ayni paytda davlat rahbari raisligida o‘tayotgan yig‘ilish kun tartibidan qurilish va transport kompleksidagi ustuvor vazifalar muhokamasi ham o‘rin olgan edi. 

Qayd etilishicha, qurilish sohasi yarim yilda 10 foizga o‘sib, 80 trillion so‘mga yetgan. Shunday bo‘lsa-da, xotirjamlikka berilmay, qurilishda tannarxni pasaytirish bo‘yicha jiddiy shug‘ullanadigan vaqt kelgani ta’kidlandi.

Qurilish tannarxi faqat yer va qurilish materiallariga bog‘liq emasligi, texnik talablarni moslashtirish, loyihani kelishish, qurilishga ruxsat olishdagi murakkab tartibotlar ham tannarxga ta’sir qilishi qayd etildi.

Bu boradagi jarayonlar takomillashtirilib, tadbirkorlar uchun sharoitlar yaxshilansa, qurilish materiallari, eltexsanoat, ipoteka xizmatlari kabi yondosh sohalar rivojlanishiga katta turtki bo‘ladi.

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri Botir Zokirov sog‘ligi tufayli lavozimidan ozod etildi, vazirning birinchi o‘rinbosari Sherzod Hidoyatov vazir vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring