Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bo‘stonliqdagi dam olish maskani 61 mlrd so‘mga sotildi

Bo‘stonliqdagi dam olish maskani 61 mlrd so‘mga sotildi

Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani, Qoronqul MFYda joylashgan boshlang‘ich narxi 37 mlrd so‘mlik Anhor Sayli (sobiq «Aziz» va «Kazbek») dam olish oromgohlari ochiq auksion natijasida 61 mlrd so‘mga sotildi.

Ushbu onlayn-savdo 5 nafar talabgor o‘rtasida kechdi va savdoda boshlang‘ich narxga nisbatan 24 mlrd so‘m qimmatroq narx taklif etildi.

Ma’lumot uchun, ushbu davlat aktivi 1,9 gektar yer maydoni hamda 3831 kv metr bino-inshootlarga ega.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring