Bo‘stonliqdagi dalahovlida fohishaxona fosh etildi

Kecha, 23-yanvar kuni soat 16:30 larda Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir jarayonida fohishalik bilan shug‘ullanish holati qayd etildi.
Tahririyatimizga kelib tushgan xabar ko‘ra, tumandagi «Ozodbosh Shirin Olma bog‘i» bog‘dorchilik-uzumchilik shirkatiga qarashli dalahovlida nafaqaho‘r, 1951-yilda tug‘ilgan, A.X. fohishaxona saqlab, Bo‘stonliq tumanida yashovchi, 1991-yilda tug‘ilgan, T.B. va Toshkent shahrida yashovchi, 1993-yilda tug‘ilgan, A.Sh.ga 30.000 so‘m evaziga jinsiy aloqa qilish uchun xona ajratib bergani aniqlanib, ushlandi.
Hozirda tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 131-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter