Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bo‘stonliqda Milliy gvardiya bog‘i yaratilmoqda

Bo‘stonliqda Milliy gvardiya bog‘i yaratilmoqda

Foto: Milliy gvardiya matbuot xizmati

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida Milliy gvardiya bog‘i yaratilmoqda. Bu haqda idora matbuot xizmati tomonidan tarqatilgan xabarda so‘z boradi.

Qayd etilishicha, bog‘ «Yashil makon» loyihasi doirasida barpo etilmoqda. Milliy gvardiya qo‘mondoni general-mayor Rustam Jo‘rayev 15 noyabr kuni bog‘ni yaratish uchun ko‘rilayotgan tayyorgarlik ishlari bilan tanishgan.

Foto: Milliy gvardiya matbuot xizmati

Rasmiy xabarda bog‘ qancha maydonda barpo etilishi, unda necha tup daraxt bo‘lishi haqida ma’lumot keltirilmagan. Biroq xabarga ilova qilingan suratlardan bog‘ni barpo etishga tayyorgarlik ishlari qizg‘in borayotganini ko‘rish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yilda Bo‘stonliqda «Yoshlar va sportchilar bog‘i»ga asos solingan, birinchi yildayoq bog‘ga 2,5 mingta ko‘chat ekilgandi.

Avvalroq «Yashil makon» loyihasi doirasida Nurafshon shahrida Jurnalistlar bog‘i tashkil etilgani haqida xabar bergandik.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring