Bo‘stonliq yo‘lidagi tirbandliklar sababi aytildi
Dam olish kunlari Bo‘stonliq tumanidan o‘tuvchi yo‘lda transport oqimining ko‘payishi bilan avtomobillarning tirbandlariklari yuzaga kelmoqda. Buning sabablari haqida Toshkent viloyati IIBB YHXB matbuot xizmati ma’lumot berdi.
Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida turizm industriyasini jadal rivojlantirish, transport vositalari tirbandligini bartaraf etish va yo‘llarda harakatini tartibga solish, shuningdek xavfsiz turizmni ta’minlash maqsadida tuman hududidan o‘tuvchi 4R12 «Bektemir-Chirchiq-G‘azalkent-Chorbog‘» avtomobil yo‘lining 74 km.da joylashgan Xo‘jakent qishlog‘i (Bochka) oldidagi eskirib qolgan ko‘prikni zamonaviy yo‘l infratuzilmasi asosida kengaytirish, ta’mirlash hamda qo‘shimcha aylanma yo‘llar qurish ishlari olib borilmoqda.
«Toshkent viloyati IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi mahalliy aholi va tumanga dam olish uchun fuqarolardan yuzaga kelgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raydi va ushbu ta’mirlanayotgan yo‘lning qatnov qismidan o‘tishda harakat qoidalariga rioya etishlarini tavsiya etadi», deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter