Bosim pastligi uchun respublika bo‘yicha qariyb 62 mingta xonadonga tabiiy gaz yetib bormayapti.
Aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini energiya resurslari bilan mutanosib ta’minlash masalalarini tezkor va tizimli hal etib borish maqsadida tashkil etilgan Respublika shtabining Prezident administratsiyasi rahbari Sardor Umurzoqov raisligidagi navbatdagi yig‘ilishi boshlandi.
«Mana ikki kundan buyon hududlarda va mutasaddi vazirliklarda shtablar faoliyati ko‘rsatmoqda. Lekin, amaliy ishlar bilan birgalikda, joylarda qator muammo va kamchiliklar hanuz kuzatilmoqda», — dedi Umurzoqov.
Yig‘ilishda aytilishicha, gaz quvurlarida bosimning me’yordan pastligi sababli respublika bo‘yicha jami 462 ta mahalladagi qariyb 62 mingta xonadonga tabiiy gaz yetib bormayapti.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter