Boshqa viruslarga o‘xshamaydi: koronavirusning g‘alati xususiyati aniqlandi

Avstraliyaning Flinders universiteti olimlari e’tiborini SARS-CoV-2 koronavirusini bosh viruslardan farqlab turuvchi bir jihat tortdi. «Izvestiya» yozishicha, jonli organizmlarning mazkur virusga bardoshi sinab ko‘rilganida koronavirus aynan inson hujayralariga eng oson moslashishi aniqlangan.
Mutaxassislar SARS-CoV-2 organizmga ACE2 retseptori orqali kirishi va oqsillar yordamida hujayralar bilan birikishini kuzatishdi. Birikishning eng mustahkami aynan odam hujayralari bilan bo‘ldi.
Taqqoslash uchun: ko‘rshapalaklarda aniqlangan shtamm o‘z egasi organizmi muhitiga bunchalik moslashuvchan emas.
«Ilgari inson organizmida hech qachon bo‘lmagan yangi virus (SARS-CoV-2) inson retseptorlari bilan o‘ta yuqori darajada bog‘lana olishi bizni ajablantirmoqda», — dedi Flinders universiteti professori Nikolay Petrovski.
Koronavirus inson tanasiga shunchalik yaxshi moslashdiki, endi u aloqani ushlash uchun mutatsiyalanishgayam ehtiyoj sezmayapti, ta’kidlaydi professor.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter