Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosh vazirga dron bilan suiqasd uyushtirildi — Iroq

Bosh vazirga dron bilan suiqasd uyushtirildi — Iroq

Iroq bosh vaziri Mustafo al-Kozimiy qarorgohiga raketa kelib tushdi. Hodisa oqibatida bosh vazirga hech qanday zarar yetmagan. Bu haqda Frans-Press agentligi xavfsizlik tuzilmalaridagi manbalarga asoslanib ma’lum qilmoqda.

INA agentligining Iroq xavfsizlik agentliklariga asoslanib xabar berishicha, bosh vazirga dron yordamida «muvaffaqiyatsiz suiqasd» uyushtirilgan.

«Xavfsizlik kuchlari barcha zarur choralarni ko‘rdi», — deyiladi Iroq xavfsizlik idoralari matbuot xizmati bayonotida.

Hujum oqibatida bosh vazirning uch nafar qo‘riqchisi yaralangan. AQSh elchixonasi va boshqa diplomatik missiyalar joylashgan Yashil hududda hujum paytida «kuchli otishma bo‘lgan».

Al Arabiya telekanalining Iroq xavfsizlik xizmatlaridagi manbasiga ko‘ra, bosh vazir qarorgohiga o‘q uzgani aytilayotgan dron qo‘lga olingan.

Iroqdagi vaziyat 10oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan, shialar vakili Muqtada as-Sadrning g‘alaba qozongan navbatdan tashqari parlament saylovlaridan keyin keskinlashgan.

Hodi al-Amiriy boshchiligidagi «Al-Fath» koalitsiyasi bor-yo‘g‘i 21 o‘ringa ega bo‘lgan bo‘lsa, 2018-yilgi saylovlarda parlamentda 45 o‘ringa ega edi. Koalitsiya ovoz berish natijalarini qayta ko‘rib chiqishni talab qilib apellyasiya bergan, uning yuzlab tarafdorlari Iroq poytaxtining davlat muassasalari va xorijiy diplomatik missiyalar joylashgan «yashil zonasi» tashqarisida norozilik namoyishlari o‘tkazmoqda. Oliy saylov komissiyasi saylovning yakuniy natijalarini hali e’lon qilgani yo‘q.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring