Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosh vazirga 18 nafar hokimning lavozimga loyiqligini ko‘rib chiqish topshirildi

Bosh vazirga 18 nafar hokimning lavozimga loyiqligini ko‘rib chiqish topshirildi

Yig‘ilishda o‘tgan yili 5 ta – baliqchilik, parrandachilik, zargarlik, asalarichilik, ipakchilik tarmoqlarida xorijiy investitsiyani jalb qilish ishlari eng sust darajada bo‘lgani ko‘rsatib o‘tildi.

Xorijiy investitsiyalar hajmi 2023 yilda 1,6 barobar o‘sgan bo‘lsa-da, eng katta salohiyatga ega Samarqand va Toshkent shahrida bu ko‘rsatkich imkoniyatga yarasha bo‘lmagan.

Shuningdek, 12 ta tuman va shaharda o‘zlashtirilgan jami investitsiyalar o‘tgan yilga nisbatan kamaygan. Yoki, 6 ta tuman va shaharda o‘zlashtirilgan investitsiya 10 million dollarga ham yetmagan.

«Masalan, Shofirkon, Yangiobod, Nurobod, Paxtachi, Furqat va Xiva tumani hokimlariga konsalting kompaniyalar tomonidan 800 million dollarlik 241 ta tayyor investitsiya loyiha takliflari ishlab berilgan bo‘lsa-da, hokimlar tayyor loyihalarga ham investor topmagan», – dedi Prezident.

Bosh vazirga ushbu kamchiliklar qayd etilgan 18 ta tuman va shahar hokimlarining lavozimga loyiqligini ko‘rib chiqish topshirildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring