«Bosh vazir Makronni yaxshi ko‘raman». Tramp achinarli xatoga yo‘l qo‘ydi
AQSh prezidenti Donald Tramp Michiganda saylovoldi mitingidagi nutqida Fransiya rahbari Emmanuel Makronni adashib bosh vazir deb atadi, deya xabar berdi «France24» telekanali.
Gap AQShning 2015-yilda tuzilgan iqlim bo‘yicha Parij kelishuvidan chiqishi haqida ketgan. U 2020-yildan boshlab atmosferadagi karbonat angidrid gazi miqdorini kamaytirishga qaratilgan.
«Men bosh vazir Makronni juda yaxshi ko‘raman, lekin undan kelishuv haqidagi ishlar qanday ketayotganini so‘radim. Ular unchalik yaxshi ishlashmayapti», — dedi Tramp.
Eslatib o‘tamiz, AQShda prezident saylovlari 3-noyabr kuni o‘tkaziladi. Saylovoldi debatlari 29-sentyabrda bo‘lib o‘tdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter