Bosh vazir hududlarda sayyor majlislar o‘tkazadi
Hukumat qarori (295-son, 10.04.2019-y.) bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hududlarda mavzuli sayyor majlislarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.
Nizomga muvofiq, sayyor majlislar joylarda aniq sohalar va yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini o‘rganish uchun o‘tkaziladi.
Quyidagilar sayyor majlislarning asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi:
- Harakatlar strategiyasidagi, davlat dasturlaridagi vazifalarning amalga oshirilishini ta’minlash;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar budjetlarining maqsadli ijrosini ta’minlash;
- rivojlanishda orqada qolayotgan qishloq tumanlari va shaharlarni rivojlantirish va boshqalar.
Sayyor majlislar tizimli asosda har chorakda o‘tkaziladi. Sayyor majlislar zarur hollarda videoselektor yig‘ilishi shaklida o‘tkaziladi.
Sayyor majlislarga Bosh vazir boshchilik qiladi. Prezident ham majlislarga boshchilik qilishi mumkin.
Sayyor majlislarga Qonunchilik palatasi, Senat, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari taklif etilishi mumkin.
Sayyor majlis yakuni bo‘yicha qaror qabul qilinadi hamda uning ijrosi ustidan nazorat Hukumat apparati tomonidan amalga oshiriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter